Jahon | 14:24 / 17.07.2015
11259
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov muqaddam sudlanmagan

2015 yilning 3 iyun kuni RusPres saytida e'lon qilingan “Pavel Durovning millionlari” nomli materialda tijoratchi va filantrop, milliarder Alisher Usmonov “muqaddam sudlangan” deb atalgandi. Shuningdek, Britaniya elchisi Kreyg Myurreyning so‘zlariga tayanilgan holda, u boshqa jinoyatlar qatorida zo‘ravonlikda ayblangani ta'kidlangan edi.
Buning yuzasidan Usmonovning matbuot xizmati o‘z izohini berdi. Raddiya RusPres saytida nashr qilindi.

Maktubda ta'kidlanishicha, Alisher Usmonovga qo‘yilgan bunday ayblovlar asossizdir. 1980-1986 yillarda jazo muddatini o‘tagan Usmonov soxta ish bo‘yicha ayblangan edi. 2000 yili O‘zbekiston Oliy sudi unga nisbatan o‘qilgan hukmni adolatsiz deb topib, Usmonovni to‘la oqladi. Bundan tashqari, Usmonovga qo‘yilgan ayblar ichida zo‘ravonlik bo‘lmagan. Shu tariqa, Alisher Usmonovga nisbatan “muqaddam sudlangan” formulasini ishlatish haqiqatga mos kelmaydi hamda sud tomonidan chiqarilgan yakuniy qarorga zid keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish