Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 12:33 / 17.07.2015
2247
1 daqiqa o‘qiladi
Facebook imo-ishoralar bilan ishlashni o‘rganadi
Facebook korporatsiyasiga tegishli, Oculus Rift virtual reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqaruvchi Oculus VR kompaniyasi Pebbles Ltd. firmasini sotib olmoqchi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, ushbu firma imo-ishoralar asosida boshqarish texnologiyasi ustida ishlaydi.
Isroil kompaniyasi Oculus Rift ko‘zoynaklarini yaratishda ishtirok etgandi. Endi ushbu firma butunlay Facebook tarkibiga qo‘shiladi. Rasmiy narx ma'lum emas, ammo, bir qator manbalarning guvohlik berishicha, shartnoma qiymati 60 mln dollarni tashkil qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish