Jahon | 07:54 / 17.07.2015
4867
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton eronliklarga ishonmasligini aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Hillari Klinton Nyu-Gempshirdagi nutqi davomida eronliklarga ishonmasligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

“Eronliklarga ishonamanmi? Mutlaqo ishonmayman”, deb aytdi Klinton va u hurmat qiladigan respublikachilar ham Tehronning ezgu niyatda ekanligiga ishonmasliklarini ta'kidlab o‘tdi.

“Ular eronliklar aldaydilar deb o‘ylashmoqda. O‘ylaymanki, bu salmoqli dalil. Biroq bizda qanday alternativa borligini bilish muhimdir”, deb qo‘shimcha qildi Klinton.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish