Texnologiya | 09:15 / 17.07.2015
2322
2 daqiqa o‘qiladi

iPad mini Apple`ning oxirgi ixcham plansheti bo‘lishi taxmin qilinmoqda

Apple bu yili 12,9-dyuymli iPad Pro planshetini namoyish qilishiga hech qanday shubha qolmadi. Hanuzgacha u iPad Air`ning keyingi avlodi bilan birga namoyish qilinadi, deb hisoblanayotgan edi, biroq Economic Daily News umuman kutilmagan nuqtai nazarni o‘rtaga tashladi.

Nashr Fubon Bank tahlilchisiga iqtibos keltirgan holda iPad Air 3 faqatgina 2016 yilda chiqarilishi mumkinligini aytdi.

iPad Air 3 ishlab chiqarilishining kechroq muddatga surilishi Apple plashetlarini ishlab chiqaradigan Foxconn kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlarini ortiqcha yuklamadan xalos etishga imkon beradi. Shuningdek, Apple modellar qatorida yangilangan iPad Air`ning ma'lum muddatga yo‘qligi iPad Pro`ga ko‘proq xaridorlarni jab qilishga imkon beradi.

Biroq bu yili A8 protsessori va Wi-Fi 802.11ac bilan jihozlangan iPad mini 4 ixcham plansheti aniq chiqariladi. Apple`ning 7,9-dyuymli planshetlarining bu avlodi, Economic Daily News va uning manbalariga ishonilsa, oxirgisi bo‘ladi. iPad mini ishlab chiqarilishining to‘xtashiga nima sabab bo‘lishi aniqlashtirilmagan, biroq ushbu xabar modelning tugatilishi haqida internetda paydo bo‘layotgani birinchi xabar emas.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Apple iPad Pro noyabrda namoyish etilishi mumkin. U 2732×2048 nuqtali (263 ppi) ko‘rsatish qobiliyatiga ega 12,9-dyuymli displey va kattaroq virtual klaviaturaga ega dasturiy ta'minot bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, ba'zi manbalarda bu planshet bosish kuchiga sezgir Bluetooth-stilus – Force Touch texnologiyasi va USB Type-C porti bilan jihozlanishi ham aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish