Jamiyat | 08:12 / 17.07.2015
4551
1 daqiqa o‘qiladi

Jonni Depp Gretsiyada 4,2 mln yevroga orol sotib oldi

AQShlik mashhur aktyor Jonni Depp Gretsiyada 4,2 mln yevroga kichik orol sotib oldi, deb Londondagi Proto Organization ko‘chmas mulk kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda Athens Macedonian News Agency agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, orolning maydoni 0,2 kv km ni tashkil qiladi va ayni paytda kimsasiz hisoblanadi. Depp iyul oxirida bir necha kun avval xarid qilgan Stroggino deb nomlangan ushbu orolga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Proto Organization kompaniyasi, shuningdek, Anjyelina Joli va Bred Pitt juftligi tomonidan Gretsiyada orol xarid qilinishida vositachilik qilgan.

Avvalroq Gretsiyada yaqin yillarda orollar ommaviy tarzda sotila boshlanishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish