Jahon | 17:27 / 17.07.2015
5757
1 daqiqa o‘qiladi

Mariya Gaydar Ukraina fuqaroligini so‘radi

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi va jamoat arbobi, Ukrainaning Odessa viloyati hokimining o‘rinbosari Mariya Gaydar unga Ukraina fuqaroligini berishni so‘radi. Bu haqda Odessa gubernatori Mixeil Saakashviliga tayangan holda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.

“U iqtisodchi, Moskvadagi xalq xo‘jaligi akademiyasida va Garvard universitetida o‘qigan. Men uning otasi Yegor Gaydarni shaxsan tanir va juda hurmat qilar edim. Mariya prezident nomiga fuqarolik olish uchun murojaatnoma berdi”, – dedi Saakashvili.
Siyosiy faoliyatdan tashqari, Mariya Gaydar “Exo Moskvi” radiosida jurnalist sifatida mashhur.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish