Jahon | 18:23 / 17.07.2015
4858
2 daqiqa o‘qiladi

NASA Plutonni kuzatish haqida animatsiya tayyorladi

AQShning NASA kosmik agentligi tomonidan tayyorlangan animatsiyada Pluton sayyorasi borasida 85 yil davomida amalga oshirilgan kuzatish ishlari aks etgan. Animatsiya 1930 yildan buyon sayyoradan olingan suratlardan tuzilgan.
Shuningdek, unda 25 yil muqaddam insonlarning birinchi marta sayyoraga kelib tushishi ko‘rsatilgan.

Birinchi kadrlar 1930 yilga oid. O‘shanda Pluton Klayd Tomb tomonidan aniqlangan edi. Undan so‘ng “Xabbl” kosmik teleskopi 1996-2003 yillarda olgan suratlar keladi. Animatsiyaning oxirgi qismi New Horizons stansiyasi fotosuratlaridan iborat.
Ilgari Plutonda biror harakat kuzatilmagani bois olimlar ushbu mitti sayyorani o‘lik deb hisoblar edi. Ammo, oxirgi kuzatishlarga qaraganda, taxminan 100 mln yil muqaddam u yerda tog‘lar shakllangan.
Hozir sayyora New Horizons stansiyasidan kuzatilmoqda. 2015 yil 14 iyulida apparat Pluton yaqinidan uchib o‘tdi, ungacha bo‘lgan minimal masofa 12.5 ming km ni tashkil qildi. 15 iyul kuni Yerga sayyoraning bugunga qadar olingan eng batafsil suratlari uzatildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish