O‘zbekiston | 12:30 / 17.07.2015
2696
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda shpritslar va infuzion tibbiy tizimlar ishlab chiqarila boshlanadi

Bagil medical new technology O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi 1, 2, 10 va 50 milligrammli shpritslar hamda infuzion tibbiy tizimlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. 2014 yili Navoiy erkin sanoat zonasida ish boshlagan korxona shu kunlarda 5 milligrammli shpritslar ishlab chiqarmoqda.

“Yiliga 48 ming dona shprits ishlab chiqarishga qodir korxonada 36 kishi ishlab kelyapti, – deydi korxona direktori Faxriddin Barotov. – Biz ishlab chiqarishni kengaytirish, tibbiy mahsulotlarimizni ichki va tashqi bozorga chiqarish yo‘nalishida ishlashda davom etmoqdamiz. Xususan, 2016 yili assortimentni kengaytirib, mahsulotning 50 foizini eksport qilishni ko‘zlamoqdamiz. Shuningdek, 1, 2, 10 va 50 milligrammli shpritslar hamda infuzion tibbiy tizimlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz”.
Barotovning ta'kidlashicha, yangi ishlab chiqarishlarning yo‘lga qo‘yilishi bilan yangi ish o‘rinlari ham tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish