Jahon | 23:49 / 17.07.2015
2814
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi portlashlarni uch nafar balog‘atga yetmagan qizlar amalga oshirgani ma'lum bo‘ldi

Nigeriyada 13 kishining hayotiga zomin bo‘lgan uchta portlashni balog‘atga yetmagan qizlar amalga oshirgan, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya.

Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Damaturu shahrida uchta portlash sodir bo‘lgan. Ikkita portlash Id al-Fitr – Ramazon hayiti namozi ado etilayotgan ochiq maydonda, uchinchi portlash masjidning yaqinida sodir etilgan.

Voyaga yetmagan uch nafar qiz amalga oshirgan teraktlar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan.

Mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi birorta terrorchilik guruhi bu teraktlar uchun javbgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish