Texnologiya | 16:40 / 17.07.2015
4275
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi chiqindi qutilari Wi-Fi tarqatadi

Chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan BigBelly kompaniyasi Nyu-York ko‘chalariga o‘rnatilgan chiqindi qutilarini bepul Wi-Fi bilan jihozlaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
BigBelly Nyu-York hokimidan internetga ulangan maxsus chiqindi konteynerlari o‘rnatish uchun grant oldi. Axborot uzatish tezligi 75 Mbt/sekundni tashkil qiladi. Uzatuvchilarning yerga yaqin joylashishi signalning daraxtlar va baland binolar bilan to‘silishining oldini oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish