Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston futbol rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 57-o‘rinni egalladi
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti olimlari ikl marotaba FIFAga a'zo 209 mamlakatning futbol rivojlanishi indeksini hisoblab chiqdi. Natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol sporti rivojlanishi ko‘rsatkichi bo‘yicha 57 o‘rinda qayd etildi.
O‘zbekiston bu orqali Osiyo mamlakatlari orasida oltinchi o‘rinni egallagan. Ro‘yxatda Yaponiya (23 o‘rin), Avstraliya (32 o‘rin), Eron (36 o‘rin), Xitoy (46 o‘rin) va Janubiy Koreya (47 o‘rin) O‘zbekistondan oldinda joylashgan.
MDH davlatlaridan Rossiya 20 o‘rinni band etgan bo‘lsa, Ukraina 33 o‘rinda qayd etildi. Ro‘yxatning yuqori beshligidan Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Angliya va Italiya o‘rin olgan.
Indeksda uchta guruhga bo‘lingan 11ta ko‘rsatkich hisobga olingan: Terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatlari, futbolning ommaviyligi, futbol rivojlanishi uchun tashqi omillarni baholashgan.