Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sanitariya bosh vrachlari o‘z lavozimiga 5 yil muddatga tayinlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika sanitariya epidemologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori e'lon qilindi.
Qarorda belgilanishicha, ish beruvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar hamda shaharlar davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari bilan 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga mehnat shartnomasi tuzadi.
Bosh shifokorlar 3 yilda bir marta davriylikda attestatsiyadan o‘tishi lozimligi belgilangan. Ular egallab turgan lavozimidan past bo‘lmagan lavozimga yangi ish joyiga o‘tkazilishi kerak.
Davlat sanitariya-epidemologiya xizmati organlari rahbar kadrlarni tanlash, attestatsiyadan o‘tkazish va rotatsiya qilish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ham tasdiqlandi. Respublika komissiyasining qarori bilan yangi ish joyiga o‘tkazilganda rahbar kadrlar xizmat turar joyi yoki ijaraga olinganligi uchun kompensatsiya to‘lovi bilan ta'minlanishi nazarda tutilgan. Biroq belgilangan muddatda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormagan rahbar kadrlarga nisbatan bu tartib qo‘llanilmaydi va belgilangan muddat qisqartirilishi ham mumkin.
Shuningdek, davlat sanitar-epidemologiya nazorati markazlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari ham belgilandi.