Jamiyat | 08:37 / 17.07.2015
4328
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Tailanddagi matematika olimpiadasida sovrindor bo‘lishdi

Tailandda matemetika fani bo‘yicha o‘tkazilgan 56 Xalqaro fan olimpiadasida O‘zbekiston vakillari Jamshid Yaxshiyev, Abbos Muhamedov va Sardor Bozorboyev bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro olimpiadada sovrindor bo‘lgan bu bolalar kelgusida O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlariga imtihonlarsiz qabul qilinishadi.

Qayd etish joizki, olimpiadada sovrindor bo‘lganlarning 2 nafari, Yaxshiyev va Muhamedov Buxoro viloyatidagi 3 Qorako‘l akademik litseyi o‘quvchilari hisoblanishadi. Bu litsey vakillari shu vaqtgacha xalqaro olimpiadalarda 33ta medal olib qaytishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish