Sport | 10:02 / 17.07.2015
1707
1 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» Kavanini Di Mariyaning transferiga qo‘shishni istamadi

"PSJ" klubi rahbariyati hujumchi Edinson Kavanini "MYu" yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning transferiga qo‘shishni istamadi.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Di Mariya uchun ustiga pul qo‘shib berish sharti bilan Edinson Kavanini so‘ragan. Ammo parijliklar hech qaysi futbolchini qo‘shmasdan, Di Mariya uchun 40 million funt taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "MYu" o‘tgan mavsumda Di Mariyani "Real"dan taxminan 60 million yevroga xarid qilgandi.

Biroz oldinroq, Di Mariya parijliklar bilan 5 yillik shartnoma tuzish borasida shaxsiy kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish