Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili rossiyalik muxolif siyosatchini o‘ziga o‘rinbosar qilib tayinladi
Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa viloyati hokimi Mixeil Saakashvili rossiyalik muxolif siyosatchi Mariya Gaydarni o‘ziga o‘rinbosar qilib tayinladi. Bu haqda “Dumskaya” nashri xabar bermoqda.
Saakashvilining so‘zlariga qaraganda, Gaydar xonim ijtimoiy soha uchun javob beradi. Shu bilan birga, siyosatchi hali rasman lavozimga kirishmadi.
“Odessaga butun Ukraina, butun Yevropa va butun Rossiya qarab turibdi. Odessadagi muvaffaqiyatlarimiz butun dunyoga ta'sir ko‘rsatadi. Men ukrainaliklar rus xalqi faqat hukumatdan iborat emasligini bilishini istayman. U yerda ham mamlakatingizga umid bilan qarayotganlar bor”, – dedi Gaydar xonim.
Siyosiy faoliyatdan tashqari, Mariya Gaydar “Exo Moskvi” radiosida jurnalist sifatida mashhur.