Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand lift zavodida tekstil majmuasi yaratiladi
Samarqanddagi sobiq lift zavodida 2017 yili yangi tekstil majmuasi ishga tushadi. Uning quvvati yiliga 0.4 mln oqliklar va 1.2 mln dona tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Bu parametrlar 2015-2019 yillarda struktur o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan.
22.2 mln dollarlik ushbu loyiha “Samarqand YevroOsiyo Tekstil” MChJning o‘z mablag‘lari (6 mln dollar) va tijoriy banklar kreditlari (16.2 mln dollar) hisobidan moliyalashtiriladi.