Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:58 / 17.07.2015
1765
1 daqiqa o‘qiladi
Serena Uilyams Bashtaddagi turnirni jarohat tufayli davom ettira olmadi
Dunyoning birinchi raqamli ayol tennischisi Serena Uilyams Shvetsiyaning Bashtad shahrida davom etayotgan yirik tennis turniridagi ishtirokini yakunladi. Bunga uning jarohati sabab bo‘ldi.
U ikkinchi davrada Klara Kukalovaga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Jarohatini jiddiylashtirib olmaslik uchun ham “Uimbldon-2015” turniri g‘olibi shunday qarorga kelgan.
Qayd etish joizki, oldinda Serena qatnashishi kerak bo‘lgan turnirlar ro‘yxatida Stenford, Toronto, Tsintsinnati va US Open musobaqalari bor.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish