Jahon | 12:21 / 17.07.2015
3918
2 daqiqa o‘qiladi

Tula politsiyasi uch o‘zbekistonlik muhojirning halokati sabablarini aniqladi

Tula viloyatida politsiyasi operativ tadbir davomida uch o‘zbekistonlik erkakning o‘limi sabablarini aniqladi. Bu haqda Tula viloyati IIB saytida axborot berildi.
Ilgari xabar berilganidek, 11 iyul kuni Lenin tumanidagi Belikovo qishlog‘ida polietilen paketlariga o‘ralgan uchta tana topildi. Ular is gazidan zaharlanib o‘lgani aniqlandi.
Moskva viloyatida yana ikkita murda topildi.
Tergovning aniqlashicha, ular qurilish brigadasining a'zolari bo‘lgan. Ehtiyotsizlik tufayli kelib chiqqan o‘limlarni yashirish maqsadida ularning sheriklari yoki ish beruvchilari jasadlarni paketlarga o‘rab tashlab ketgan bo‘lishi mumkin.
Aniqlanishicha, brigada Orlovsk viloyatidagi qurilishlardan birida ishlab kelgan. Barcha muhojirlar noqonuniy ravishda ishlagan. Ular neft mahsulotlarini o‘g‘irlash uchun o‘tkazilayotgan quvur uchun qazish ishlariga jalb qilingan. Tunnelda ishlash chog‘ida ular is gazi bilan zaharlangan.
Noqonuniy biznes tashkilotchisi baxtsiz hodisadan so‘ng jasadlarni Tulaga olib chiqib, tashlab ketgan. Kecha uning qo‘lga olingan haqida xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish