Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 10.6 mlrd dollarga 350ta temir yo‘l sostavi sotib oladi
China Railway Investment davlat xoldingi 351 dona temir yo‘l sostavi yetkazib berishga tender e'lon qildi. China Daily nashrining yozishicha, 66 mlrd yuan yoki 10.6 mlrd dollarlik ushbu shartnoma Xitoy tarixidagi eng yirik buyurtma bo‘ladi.
China Railway Investment 228 yuqori tezlikka ega sostav (250 km/soatgacha) va 123 poyezd sotib olmoqchi.
Xitoydagi birinchi yuqori tezlikdagi yo‘nalishning qurilishi 1999 yili boshlangan edi. 2013 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatda bunday yo‘llar uzunligi 11 ming km ni tashkil qildi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 16 ming km ga teng bo‘ldi.
2020 yili Xitoy yo‘lovchilar miqdorini 3 barobarga oshirib, 5 mlrd ga yetkazmoqchi.