Sport | 14:52 / 17.07.2015
2441
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri Tokiodagi Olimpiya stadioni loyihasini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2020 yili Yaponiyadagi o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun qurilayotgan Tokio Olimpiya stadioni loyihasini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi.
“Men rejalarni to‘laligicha qayta ko‘rib chiqishimiz kerak degan qarorga keldim. Biz logistika hamda qurilish muddatlarini o‘rganib chiqdik, ammo biz ishni o‘z vaqtida yakunlashimiz kerak, shu bois men shunday qarorga keldim”, – uning so‘zlarini keltiradi KyodoNews agentligi.
Aytilishicha, jamoatchilikning arena qurilishiga sarflanadigan mablag‘ borasidagi noroziligi bois qayta ko‘rib chiqish haqida qaror qabul qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish