Jahon | 19:33 / 18.07.2015
2761
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada ikki kishi Qozog‘istonda qurol sotgani uchun sudlandi

Germaniyada ikki erkak noqonuniy tarzda qurol-aslaha va o‘q-dorilar sotgani uchun shartli qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.

Sud materiallariga ko‘ra, Germaniyaning Mettsingen shahrida yashovchi ikki erkak turli xildagi qurol-aslaha sotib olib, uni keyin Qozog‘iston davlat kuchishlatar tuzilmalariga sotish bilan shug‘ullangan.

Qayd etilishicha, erkaklar zaruriy ruxsatsiz Nursulton Nazarboyevning prezident gvardiyasiga va Qozog‘istonning aksilterrorchilik maxsus bo‘linmalaridan biriga to‘pponchalar, patronlar va granatalar sotganlar.

Tadbirkorlar sudda o‘z bizneslarini qonuniy deb o‘ylaganlari va buxgalterlik hujjatlarini yuritganlarini aytganlar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish