Jahon | 02:03 / 18.07.2015
26253
3 daqiqa o‘qiladi

Kelajakning eng boy shaharlari

Ishonavering, roppa rosa 10 yildan so‘ng, siz Nyu-York, London va Gonkong kabi eng yirik, zamonaviy shaharlarni yodingizdan chiqarib yuborasiz. Nega deysizmi? McKinsey tadqiqotchilarining so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilda aynan ushbu shaharlar o‘z o‘rni va nomini yangi shaharlarga bo‘shatib beradi. Marhamat, tadqiqotchilar taqdim etgan shaharlar ro‘yxati bilan tanishing. 

DOXA, QATAR:

Doxa butun dunyoda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish borasida yetakchilik qilmoqda. Qatar davlatida joylashgan ushbu shahar eng  badavlat shaharlar sirasiga kiradi va 2022 yilda futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionati o‘yinlariga aynan ushbu shahar mezbonlik qiladi.  

BeRGeN, NORVeGIYa

Norvegiyaning ushbu shahri aholi soni jihatdan ikkinchi o‘rinda turadi. McKinsey tadqiqotchilarining so‘zlariga ko‘ra, Bergen iqtisodiy jihatdan dunyoda yetakchilik qilish salohiyatiga ega.  Port shahar sifatida Bergen Norvegiyaning neft-gaz va ishlab chiqarish sohasida eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. 

TRONXeYM, NORVeGIYa

Tronxeym mobil apparat texnologiyalari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik qiladi. 1980 yilda Norvegiyaning ushbu shahrida GSM aloqasi yaratilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, shaharda yashovchi 10 mingdan ortiq insonning 550 dan ortig‘i startaplardan iborat. 

XVASON, JANUBIY KOReYa

Ushbu shahar garchi unchalik tanilmagan bo‘lsa-da, Seulning janubiy qismida aynan Hyundai va Samsung, Kia va LG Electronics kabi kompaniyalar faoliyat olib boradi. Shaharning Dongtang tumanida shahardagi eng yirik va zamonaviy qurilish mollari ishlab chiqariladi. Shu sababli shahar hokimiyati uy-joy qurilishiga, superzamonaviy deya ta'riflangan Dongtang tumaniga katta miqdorda pul sarflaydi.  

ANSAN, JANUBIY KOReYa

Ansan – Janubiy Koreyadagi sanoatlashgan shaharlardan biri hisoblanadi. Shahar Xitoy yaqinidagi port shahar sifatida Pxyontxekga egalik qiladi.  

ReYN-RUR, GeRMANIYa

Reyn-Rur konglomerat shahar sifatida Germaniyadagi eng boy shaharlardan biri hisoblansa, Yevropada Parij va Londondan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi. "Fortune" ro‘yxatidagi 500 ta Yevropadagi eng kuchli iqtisodiy kompaniyadan 12 tasining asosiy ofisi aynan mana shu shaharda faoliyat olib boradi. 

MAKAO, XITOY XALQ ReSPUBLIKASI

Ushbu shahar o‘tgan yilning oxirida 2025 yilga kelib dunyoning eng boy mamlakatlar o‘ntaligi qatoridan joy oluvchi shahar sifatida nomzodlikka da'vogar edi, hozirda esa kuchli iqtisodiy qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Makaoga asosiy foyda keltiruvchi kazinolardagi poraxo‘rlik evaziga uning qtisodiy imkoniyatlari 17 foizga qisqardi. Kelgusi yil Makaoning iqtisodiy imkoniyatlarida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin, buning uchun byudjyet daromadlari uchun diversifikatsiya kerak bo‘ladi.