Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:21 / 18.07.2015
2762
1 daqiqa o‘qiladi
Miramax kinostudiyasi 1 mlrd dollarga sotiladi
Miramax kinostudiyasi sotuvga qo‘yildi. Variety nashrining yozishicha, unga 1 mlrd dollar narx qo‘yilgan.
Kinostudiyada 700ga yaqin kartina suratga olingan. Ular sirasidan “Nyu-York to‘dalari” va “Oshiq Shekspir”ni tilga olib o‘tish mumkin.
Lionsgate studiyasi vakillari Miramax narxi juda ko‘tarib yuborilganini aytmoqda – uning asl narxi 500 mln dollardir. Tahlilchilar esa oxirgi yillarda kinostudiyaning daromadlari to‘g‘risidagi axborot hech qayerda chiqmagani bois uni baholashga shoshilmay turibdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish