Jahon | 01:05 / 18.07.2015
3103
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva metrosidan reklama vaqtinchalik olib tashlanadi

27 iyuldan boshlab Moskva metrosi xodimlari metro infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkibda joylashtirilgan barcha reklama shitlari va boshqa reklama tashuvchilarni demontaj qilishni boshlaydilar. Bu haqda Moskva metrosi rahbari o‘rinbosari Yuriy Degtyarev ma'lum qildi.

Degtyarevning aytishicha, metroda reklama joylashtirish bilan shug‘ullangan “Avto Sell” kompaniyasining metro oldidagi qarzi 1,124 rublni tashkil qilmoqda. Metro xizmatida ta'kidlanishicha, metro ma'muriyati kompaniya bilan shartnomani bekor qilib, uning ustidan qarzlarni to‘lash bo‘yicha sudga da'vo arizasi bermoqchi.

Degtyarev metroda reklama bilan shug‘ullanuvchi yangi kompaniya bir oy ichida izlab topilishini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish