Jahon | 16:00 / 18.07.2015
5517
1 daqiqa o‘qiladi

Pushkov: YeI Ukrainadan borgan sayin ko‘proq qo‘rqmoqda

Rossiya Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkovning fikricha, Ukrainada “O‘ng sektor” partiyasining Oliy Radani tarqatib yuborish haqidagi talablari Yevropa Ittifoqini xavotirga solmoqda. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozuv qoldirdi.
“Yaroshning ishonchi komil: Poroshenko o‘z o‘rnida emas, Radani tarqatib yuborish va yangi saylovlar e'lon qilish kerak. YeI Ukrainadan borgan sayin ko‘proq qo‘rqmoqda”, – deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Pushkov Ukrainadagi vaziyatni Suriya va Iroqdagi voqealar bilan qiyosladi: “Iroq va Suriya O‘rta Sharqda tartibsizlik zonasiga aylandi, Ukraina esa Sharqiy Yevropada”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish