O‘zbekiston | 16:04 / 18.07.2015
12901
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yo‘l ko‘rsatkichida ko‘cha nomi xato yozildi

Toshkentning Mustaqillik ko‘chasida o‘rnatilgan yangi ko‘rsatkichda ko‘cha nomi xato yozildi. Unda “Shahrisabz” nomi “Shahrisabs” deb yozilgan.
Bu ko‘rsatkich rasmlari Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida joylashtirildi.
Bundan tashqari, rasmda ko‘rinib turganidek, lotincha o‘ va g‘ harflarining diakritikasi noto‘g‘ri qo‘yilgan.