Jamiyat | 15:42 / 18.07.2015
1849
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina TIVda islohotlar o‘tkaziladi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Ukraina elchixonalari xodimlariga murojaat qilib, ularni mavjud muammolarni hal qilishga chaqirdi. U maktub matnini o‘z tvitterida chop etdi.
Klimkin Ukrainaning turli davlatlaridagi elchilari bilan kelib chiqayotgan muammolarga e'tibor qaratdi. Shu masala bo‘yicha u Niderlandiya, Gretsiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Sloveniya, Irlandiya va Ispaniyadagi elchilarga murojaat qildi.
Shuningdek, u tashqi ishlar vazirligida kommunikatsion islohot o‘tkazilishini ma'lum qildi. Xususan, elchixonalar tashkiliy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha talablar olishi aytildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish