Texnologiya | 16:16 / 18.07.2015
2212
1 daqiqa o‘qiladi

Yahoo! Alibaba’dagi ulushini Aabaco kompaniyasiga beradi

Yahoo! kompaniyasi AQSh rasmiy regulyatorlariga Alibaba’dagi ulushini yangi tashkil qilingan Aabaco kompaniyasiga berishini xabar qildi. Bu haqda France-Presse agentligi ma'lumot berdi.

Yahoo! internet giganti soliqlar muammosini hal qilish uchun bu ishga qo‘l urdi. Ayni paytda kompaniya shartnoma bo‘yicha soliq miqdori haqidagi qarorni kutmoqda.
2005 yili Yahoo! Xitoyning Alibaba kompaniyasi aksiyalarining 40 foizini 1 mlrd dollarga sotib olgan edi. Xitoy kompaniyasi hisob-kitoblariga qaraganda, Yahoo!’ning 15 foizlik ulushi 30 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish