Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada valyutafurush qo‘lga olindi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida xorijiy valyutaning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Jumladan, fuqaro Alibek Umirovning valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani ma'lum bo‘ldi. u tuman hududida joylashgan Hunarmandlar bozori oldida o‘ziga tegishli Spark rusumli avtomobilida fuqaro Munira Yaminovaga 8 ming dollarni 24.1 mln so‘mga sotayotgan paytda ushlandi. Uning yonidagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Uning ishi atroflicha o‘rganilib, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga oshirildi.