Sport | 10:23 / 19.07.2015
3023
2 daqiqa o‘qiladi

APB turniri ikkinchi bosqich o‘yinlarida o‘zbekistonlik Xurshid Tojiboyev Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Toshkentning “O‘zbekiston” sport majmuasida APB (AIBA Pro Boxing) turniri 60 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi birinchi silsilasining ikkinchi bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqdagi xabarnoma O‘zbekiston boks federatsiyasi saytida e'lon qilindi.
O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, boks federatsiyasi, milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Xalqaro havaskor boks uyushmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Braziliya, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Rossiya, Benin va Filippin vakillari ishtirok etdi.
Jami to‘rt jang o‘tkazildi.
2016 yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda o‘zbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboyev rossiyalik Dmitriy Polyanskiy 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qolgan uch o‘yin reyting ballari uchun o‘tkazildi. Irlandiyalik Devid Joys Braziliya vakili Robson Konseykaoga qarshi ringga chiqib, ikkinchi raundda nokautga uchradi. Filippinlik Charli Suarez italiyak Domenik Valentinoni yengdi, germaniyalik Artur Bril esa beninlik Chit Shafiqdan yengildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish