Jahon | 15:27 / 19.07.2015
1889
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Nigeriyaga moliyaviy va harbiy sohalarda yordam beradi

AQSh Nigeriyaning yangi prezidenti Muhammad Buxoriyga o‘g‘irlangan millardlab dollarlarni topish va diniy ekstremizmga qarshi ko‘rashda yordam beradi. Bu haqda davlat kotibining o‘rinbosari Toni Blinken bayonot berdi.
“Prezident ko‘pdan buyon Nigeriyaga Sahroi Kabirdan janubdagi eng muhim hamkor sifatida qaraydi. O‘ylashimcha, hozir bu hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga imkoniyat tug‘ildi”, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Keyingi hafta Muhammadu Buxoriy Vashingtonga rasmiy safar uyushtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish