Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Superkubogi uchun o‘yindan so‘ng Ibragimovich “Milan”ga o‘tadi
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich “Milan”ga qaytishi mumkin.
Ilgariroq PSJ shvetsiyalik sportchini 5.5 mln yevroga sotishga tayyorligi ma'lum qilingan edi.
Sport Italia nashrining yozishicha, 33 yoshli futbolchi PSJ egasi shayx Muhammad bin Hamad al-Taniy bilan “Lion”ga qarshi kechadigan Fransiya Superkubogi uchrashuvidan so‘ng eski jamoasiga o‘tishi haqida kelishib oldi. O‘yin 1 avgust kuni Monrealga o‘tadi.
Ibragimovich “Milan” bilan 3 yillik shartnoma imzolab, yiliga 7.5 mln yevro oladi.
Ibragimovich ilgari “Milan” tarkibida ikki mavsum o‘tkazgan.