Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada Gamalama vulqoni otila boshladi
Indoneziya sharqida Gamalama vulqoni otila boshlagani sababli 1,5 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
“Bu raqamlar oshishi mumkin”, deb aytdi Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy boshqarmasi vakili Sutopo Purvo Nugroxo.
Vulqon shu haftada uyg‘ondi. 18 iyulda vulqon 1,5 ming metrlik kul ustunini tashqariga otib chiqardi. Avvalroq otila boshlagan Sinabung va Raung vulqonlari ham otilishda davom etmoqda, bu vulqonlar 19 iyul kuni mos ravishda 3 ming va 2 ming metrlik kul ustunini otib chiqargan.
Indoneziyada faol vulqonlar miqdori 130 tani tashkil qiladi. Ularning otilishi tez-tez aholini evakuatsiya qilish va mamlakatda havo aloqasini vaqtinchalik to‘xtatish zaruratini keltirib chiqaradi.