Jamiyat | 09:48 / 19.07.2015
1945
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada 82 yoshli ayol 6 kishini zaharlashda ayblanmoqda

Janubiy Koreya politsiyasi 6 kishini zaharlashda ayblanayotgan 82 yoshli ayolni qo‘lga oldi. Renxap agentligining ma'lum qilishicha, ulardan 2 nafari halok bo‘lgan, 3 nafari og‘ri ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Sanju shahridagi jamoat markazida 6 nafar keksa ayol bitta ichimlikni ichgandan so‘ng shifoxonaga yotqizildi.
Politsiya ichimlikka insektitsid (hasharotlarni o‘ldiruvchi vosita) qo‘shilganini aniqladi. Ayblanuvchining uyi yaqinidan o‘sha savdo belgisiga oid ichimlik shishasi topildi.
Ayol o‘z aybini inkor qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish