Jahon | 10:05 / 19.07.2015
3226
1 daqiqa o‘qiladi

Uorren Baffet Gretsiyada 15 mln yevroga orol sotib oldi

Amerikalik va italiyalik milliarderlar Uorren Baffet va Alessandro Porto Gretsiyada Saronik ko‘rfazida joylashgan Avliyo Foma orolini xarid qildi. Bu haqda Gretsiyaning Proto Thema nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, 1.2 kv km maydonga ega orol milliarderlarga 15 mln yevroga tushgan.
“Hozir Gretsiyada ulkan imkoniyatlar mavjud, va ko‘plar unga investitsiya kiritishga tayyor”, – sharhlab o‘tdi yangilikni Baffet.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish