Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ALSKOM kompaniyasi yarim yil davomida 2 025ta sug‘urta qoplamasini to‘ladi
ALSKOM sug‘urta kompaniyasida 2015 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha direktorlar kengashi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xabar” gazetasi yozmoqda.
Yig‘ilishda kompaniyada sug‘urta tushumlarining ta'minlanishi, sug‘urta da'volarini bartaraf etish, hududiy filiallarda ish sifatini yaxshilash, xodimlar mehnat unumdorligini oshirish va kompaniya faoliyatiga bog‘liq boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning birinchi yarmida jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 145 foizga, sug‘urta majburiyatlari hajmi 152 foizga, sug‘urta shartnomalari soni 121 foizga o‘sgan. Hisobot oyida jami 2 025ta sug‘urta da'volari bo‘yicha sug‘urta qoplamasi to‘plandi.
Shuningdek, hududiy tarmoqni yanada kengaytirish maqsadida 11ta bo‘linma tashkil etilgani ma'lum qilindi.
Bugungi kunda kompaniyaning hududiy tarmog‘i 15 filial va 90 bo‘linmani tashkil qiladi.