Sport | 09:10 / 20.07.2015
1672
2 daqiqa o‘qiladi

Blatter FIFAning Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi vaqtida Platini bilan uchrashadi

FIFAning amaldagi rahbari Yozef Blatter 20 iyul kuni Tsyurix shahrida o‘tkaziladigan tashkilot Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi. U bu tadbir davomida UYeFA prezidenti Mishel Platini hamda boshqa konfederatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

As nashri xabar berishicha, bu tadbirda ko‘riladigan asosiy masala FIFAning yangi prezidenti uchun muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov kunini aniqlash bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi so‘ngida FIFA tizimidan bir qancha amaldorlar pul yuvish va 2010, 2018 va 2022 yillardagi mundiallar mezbonlarini aniqlash jarayonidan poraxo‘rlikda ayblanib, hibsga olingandi. Shundan so‘ng, 2 iyun kuni Blatter o‘z lavozimini muddatidan oldin tark etishi haqida ma'lum qilgandi.

Nashr xabariga ko‘ra, FIFA prezidentligi uchun asosiy nozmzodlardan biri Mishel Platini hisoblanadi va uni 6ta konfederatsiyaning 4tasida to‘la qo‘llab-quvvatlashadi.

Qayd etib o‘tish joizki, Blatter tashkilotni 1998 yildan beri boshqarib keladi. U 29 may kuni FIFA prezidentligi uchun beshinchi muddatga qayta saylangandi, lekin yuqorida qayd etilgan mojarolat tufayli o‘z o‘rnini bo‘shatib qo‘yishini e'lon qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish