Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buenos-Ayresning yangi hokimi muxolif partiyadan saylandi
Yakshanba kuni Argentina poytaxt shahar hokimligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda muxolif “Respublikachi taklifi” konservativ partiyasi vakili g‘alaba qozondi. TASS agentligining xabar berishicha, g‘alaba saylovlarning ikkinchi turida qo‘lga kiritilgan.
98.16 foiz byulletenlar o‘rganib chiqilgach, Buenos-Ayres hokimiyati vazirlar mahkamasining amaldagi raisi Orasio Rodriges Larreta 51.62 foiz saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘ldi. Uning raqibi, EKO siyosiy bloki vakili, sobiq iqtisodiyot vaziri Martin Lusto 48.38 foiz ovoz oldi. Hukmron “G‘alaba jabhasi” peronistik harakati nomzodi, “Aerolineas Arxentinas” davlat kompaniyasi prezidenti Mariano Rekalde yetarli ovoz ololmagani uchun ikkinchi turga o‘tmadi. Shu tariqa, ikkinchi turda qolgan ikki nomzod ham muxolif kuchlar vakillari edi.
Kuzatuvchilarning fikricha, Larretaning g‘alabasi lavozimni unga bo‘shatib berayotgan hokim Maurisio Makriga qo‘l keladi – u 25 oktabr kuni o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok eta oladi. Uning asosiy raqibi hukmron partiya vakili, Buenos-Ayres viloyati hokimi, sobiq prezident o‘rinbosari Daniel Stsiolidir.