Sport | 07:55 / 20.07.2015
1521
1 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" Kuadrado bo‘yicha takliflarni qabul qilishga tayyor

Londonning "Chelsi" jamoasi yozgi transferlar vaqtida kolumbiyalik vingeri Xuan Kuadradoni sotishni mo‘ljallamoqda.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, yarim yil oldin "Fiorerntina"dan xarid qilingan Kuadrado ishonchlarni oqlay olmadi va asosiy tarkibga kira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" bu 27 yoshli futbolchini qishki transferlar vaqtida 26,1 mln funt evaziga transfer qilgandi.

Biroz oldinroq, Italiyaning "Yuventus" va "Roma" jamoalari uni o‘z tarkibida ko‘rishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish