Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:29 / 20.07.2015
3189
1 daqiqa o‘qiladi
Gretsiyada 3 haftalik tanaffusdan keyin banklar faoliyati tiklandi
20 iyul kunidan boshlab Gretsiya banklari yana ishlay boshladi. 3 haftalik tanaffus yakunlangan. Bu haqda Reyter nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, banklarda uzun navbatlar yuzaga kelgan.
Xabarda aytilishicha, Yevropa Ittifoqi bilan olib borilgan muzokaralarda kelishuvga erishilganiga qaramasdan, Gretsiya hukumati cheklovlarni bekor qilmoqchi emas. Hozircha xorijiy pul o‘tkazmalariga ruxsat berilmagan. Naqd pullarni yechib olish bo‘yicha ham cheklovlar saqlanib qolgan. Ayni vaqtdagi tartibga ko‘ra, greklar bir haftada 420 yevronigina naqd pulga aylantira olishi mumkin bo‘ladi.
Birja esa yopiqligicha qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish