Jahon | 15:41 / 20.07.2015
2167
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada noma'lum shaxslar 11 kishini otib ketishdi

20 iyul kuni Meksika shimolidagi Durango shtatida noma'lum shaxslar tomonidan hujum uyushtirilishi natijasida 11 kishi o‘ldirilgan.

Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, hujum oqibatida yana 5 kishi jarohatlangan.

Hujum qiluvchilar voqea joyidan darhol g‘oyib bo‘lishgan. Ayni vaqtda ularni qidirish borasidagi ishlar natija bermayapti.

Ma'lum bo‘lishicha, hujumga uchraganlar Sapioris qishlog‘ida yashovchi kishilar bo‘lgan. Jarohatlangan 5 kishidan birining ahvoli juda og‘irligi aytilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv va qidiruv ishlarini olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish