Jahon | 12:59 / 20.07.2015
2120
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-otadagi aeroportga Abay nomini berish taklif qilindi

Qozog‘istonlik advokatlardan biri mamlakatdagi aeroportlar nomini nomlash kerakligi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Masalan u Almatidagi aeroport nomini shoir va mutafakkir Abay Qunanboyev sharafiga nomlashni taklif qildi, deb yozadi nur.kz nashri.

«Sharl de Goll» yoki «Kennedi» aeroporti juda jarangdor eshitiladi. Bizning aeroportlar esa nomlanmagan. Xuddiki buyuk qozoqlar yo‘qdek. Men Almatidagi aeroportni Abay sharafiga, Astanadagi aeroportni esa Ablayxon sharafiga nomlashni taklif qilgan bo‘lardim. Ammo yaxshisi buni jamoatchilik o‘rtasida so‘rovga qo‘ygan holada o‘tkazish yaxshiroq bo‘lardi», deydi huquqshunos o‘zining Facebook`dagi sahifasida.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Turan, Mangi Yel, Kenesar, Begeldinov, Mametova kabi nomlari taklif qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish