Jahon | 11:52 / 20.07.2015
4267
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Qozog‘iston chegarasida 800 m yer so‘radi

19 iyul kuni Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh vazirlari Karim Masimov va Temir Sariyev o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston hukumati rahbari Chuy viloyatidan o‘tadigan chegara hududi bo‘yicha alohida kelishuv imzolashni taklif qildi. Bu haqda “Vecherniy Bishkek” nashri yozmoqda.
Sariyevning so‘zlariga qaraganda, To‘qmoq shahri yaqinida Issiqko‘lga eltuvchi Bishkek-Norin-To‘rug‘art avtoyo‘li Qozog‘iston hududidan tranzit bilan o‘tadi. Bu hudud 800 m ni tashkil qiladi.
“Bishkekdan Issiqko‘lga borishimizda yo‘l Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tadi, 800 m dan so‘ng yo‘l yana ichkariga kiradi va o‘ziga xos ko‘richakni hosil qiladi. Biz ushbu chegara uchastkasidan foydalanish bo‘yicha alohida kelishuv imzolashni taklif qilamiz. Axir yaqin orada yagona iqtisodiy ittifoq tarkibida bo‘lamiz. Agar kelishuv imzolansa, biz ushbu yo‘l uchastkasini qaramog‘imizga olamiz”, – dedi Sariyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish