Sport | 11:32 / 20.07.2015
1863
1 daqiqa o‘qiladi

"Roma" "Barselona"dan Adrianoni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

"Roma" jamoasi "Barselona"ning braziliyalik 30 yoshli himoyachisi Adriano Korreyani xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Sky Sport Italia nashri ma'lumotiga ko‘ra, jamoalar vakillari shu bo‘yicha shartnomani tasdiqlash uchun uchrashishlari kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Adriano o‘tgan mavsumda "Barselona" bilan 16ta o‘yinda maydonga tushdi hamda bitta golli pas uzatdi.

Biroz oldinroq, ushbu futbolchiga "Sevilya" jamoasi tomonidan qiziqish mavjudligi haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish