Jahon | 13:30 / 20.07.2015
7066
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili navbatdagi ukrainalik amaldor bilan janjallashib qoldi

Ukrainaning Odessa viloyati Mixeil Saakashvili Oliy Rada deputatini bilan Chernigov viloyatidagi 205-okrug saylovlari tufayli janjallashib qoldi. Ushbu voqeaning videosi internetga joylashtirildi.
Chernigov ko‘chalaridan birida Filatov Saakashvilini okrug bo‘yicha deputatlikka prezident partiyasidan nomzod Sergey Berezenko bilan uchrashdi.
Filatov Berezenkoni saylovchilarga pul tarqatishda aybladi.
“Hamma pulni tarqatdingmi?”, – dedi u Berezenkoga, shundan so‘ng nomzodning qo‘riqchilari Filatovni chekkaga chiqardi.
Parlament deputati nomzodni “yosh uyatsiz razil” (molodoy i tsinichnyy podonok) deb atadi, so‘ng Saakashvili bilan janjalla boshladi.
“Siz ham pul tarqating, Mixail!”, – dedi Filatov Saakashviliga. Bunga javoban hokim deputatni “yaramas” (ublyudok) deb haqorat qildi.