Jahon | 16:51 / 20.07.2015
5628
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi teraktni "IShID" jangarisi ijro etgani ma'lum qilindi

Turkiya hukumati 20 iyul kuni mamlakatning Suriya bilan chegara hududida joylashgan Suruch shahrida sodir bo‘lgan portlashni terakt sifatida baholadi va bu terakt uchun javobgarlikni "IShID" zimmasiga yukladi.

Reyter nashri yuqori martabali turk amaldorlariga asoslanib xabar berishicha, Suruchdagi madaniyat markazi yaqinida "IShID" jangarisi tomonidan bomba portlatilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham bu voqeani terakt sifatida baholadi va "bunday terroristik hujumlarga qarshi birlashish hamda xotirjamlikni saqlashga chaqirdi".

Biroz oldinroq, Suruch shahridagi kafa yaqinida portlash sodir bo‘lgani va natijada kamida 25 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Suruchdagi terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 27 nafarni tashkil etgan hamda 100dan ortiq kishi jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish