Jahon | 09:46 / 21.07.2015
1938
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston Ozarbayjonni tinchlik jarayonini buzishda aybladi

20 iyul kuni Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan va YeHXT Minsk guruhi raislari Igor Popov (Rossiya), Jyeyms Uorlik (AQSh) va Per Andriye (Fransiya) Tog‘li Qorabog‘ muammosi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Armaniston TIV matbuot xizmati axborot berdi.

Nalbandyanning bayonotiga ko‘ra, Ozarbayjonda Yevropa o‘yinlari o‘tkazilganidan so‘ng “Bokudan yana militaristik bayonotlar berila va provokatsiyalar uyushtirila boshlandi”.

Shuningdek, u Boku Armaniston va Ozarbayjon kuchlari to‘qnashgan jabhada tinchlik rejimini buzayotganligini iddao qildi. Diplomatning fikricha, Bokuning xatti-harakatlari Armaniston va Minsk guruhiga a'zo davlatlarning muzokara jarayonini bir tekis olib borishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni Ozarbayjon Armanistonni tinchlik rejimini buzganlikda ayblagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish