Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gongkong-Vladivostok reysida to‘polon kelib chiqdi
Gongkong-Vladivostok reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan samolyotda kelib chiqqan to‘polon natijasida ikkita ma'muriy ish ochildi.
Yoshroq yigit mast holda janjal uyushtirgan, bir nechta yo‘lovchi uni tinchlantirishga harakat qilgan. Voqea qayd qilingan videolavha internetga joylashtirildi.

“Mushtlashuv sodir bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘q. Ammo erkak mast bo‘lgani ma'lum. Yo‘lovchi ayollardan biri uning xatti-harakatlari ustidan arz qilgan. Transport politsiyasi xodimlari ikkita modda bo‘yicha bayonnoma tuzishgan”, – dedi RIA Novosti muxbiriga Vladivostok IIB matbuot bo‘limi vakili Arina Perepyolitsa.
Aytilishicha, janjalkash yo‘lovchi 15 kunga qamalishi mumkin.