Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 08:39 / 21.07.2015
1885
1 daqiqa o‘qiladi
Huawei daromadi birinchi yarim yillikda 30 foizga o‘sdi
Xitoyning smartfonlar va telekommunikatsion uskunalar chiqaruvchi Huawei kompaniyasi e'lon qilgan hisobotda 2015 yilning birinchi yarmida tushumning o‘sganligi ma'lum qilindi.
2014 yilning shu davriga nisbatan kompaniya o‘z daromadini 30 foizga o‘stirib, 28 mlrd dollarga yetkazdi. Sof foyda o‘sha davr bilan qiyoslaganda 18 foizga ko‘paydi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi bilan deyarli bir xil bo‘ldi.
Kompaniya moliyaviy direktori Men Vanchjou Huawei barcha bozorlarda barqaror o‘sish namoyon qilayotganini ta'kidladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish