Texnologiya | 16:16 / 21.07.2015
2993
1 daqiqa o‘qiladi

Ksell abonentlarga 1.5 mlrd tanga qaytaradi

Qozog‘istonning Ksell operatori raqobat qonunchiligi buzilishi yo‘li bilan abonentlardan olingan mablag‘larni o‘z egalariga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi tabiiy monopoliyalarni nazorat qilish va raqobatni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qozog‘iston oliy sudi ushbu chora qonuniy deb topildi. Qonunbuzarlik 2012 yil hamda 2013 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan.
Joriy oyda Ksell 1.5 mlrd tanga miqdoridagi pul mablag‘larini abonentlarga ularga qulay bo‘lgan uslubda qaytarishni boshlaydi. Pullarni hisobga tushirish yoki kompaniya filiallaridan naqd olish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish